Tushuntirish

Nega menda tölov çiqmayapti?

Albom23-iyun, 2023, 20:542 daqiqa0 koʻrish

❓Nega menda tölov çiqmayapti?
#abituriyent

✅ JAVOB: agar siz joriy yil emas, avvalgi yillarda tugatgan bölsangizu, lekin tölov qiliş uçun invoys çiqmayotgan bölsa, demak, siz tölovdan ozod qilingan 5 ta toifadan birisiz:

1) nogironligi bor şaxs;
2) töliq davlat taʼminotidagi şaxs;
3) özi yoki ota-onasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
4) “Yoşlar daftari”ga kiritilgan;
5) Mehribonlik uyi yoki Bolalar şaharçalari bitiruvçilari.

Ayrimlar özi ham qaysidir tizimga kiritilganidan bexabar. Şu sababli tölov çiqmayotganidan hayron va testga kirolmay qolaman, degan xavotirda.

Bilimlarni baholaş agentligi saytida tölovdan ozod bölgan abituriyentlar uçun nega ozod bölgani haqida eslatma çiqadi (yuqoridagi suratlar ötgan yilgi).

Agar sizda şunaqa yozuvlar çiqsa, demak bilingki, sizda imtiyoz bor va siz testga kiriş uçun pul tölamaysiz. “Testga kirolmay qolar ekanman” degan xavotirga örin yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek