Tushuntirish

Örta maxsus maʼlumotli öqituvçilar böyiça ayrim tuşuntirişlar

Matn21-noyabr, 2022, 16:552 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz1012 nafar öqituvçi 13 ta OTMning 23 ta yönalişiga qabul qilindi. Talabalikka tavsiya etilganlar röyxati va ötiş ballari eʼlon qilindi.

Örta maxsus maʼlumotli öqituvçilar böyiça ayrim tuşuntirişlar

Avval xabar berganimizdek, Xalq taʼlimi tizimidagi maktablarda öqituvçi lavozimida işlayotgan örta-maxsus maʼlumotga ega hamda joriy yilgi test sinovlarida yetarli ball töplay olmagan 1012 nafar abituriyentlar pedagogika taʼlim sohasida sirtqi şaklga talabalikka tavsiya etildi.

Ammo köpçilik “nega men röyxatda yöqman?”, deb hayron bölişyapti. Şu sababli maxsus post qoldirib, yuzdan ortiq nomzodlarning maʼlumotini tekşirib kördim. Röyxatda yöqlarning aksari qoidalarni unçalik yaxşi tuşunmagan. Ular:

1️⃣ Ötiş balini töplay olişmagan

Har bir yönalişda ötiş bali bor edi. Kamroq ball töplagan öqituvçilar ham nega men röyxatdan yöqman deb hayron bölmoqda. Mana bu yerda ötiş ballari keltirilgan. Öşandan körib oling.

❗️Öqituvçilar uçun qöşimça kvotada super-kontrakt yöq.

2️⃣ Kvota beriladigan yönalişga topşirmagan

Kvotalar aniq yönalişlar uçun berilgandi va bu eʼlon qilingan. Ammo ayrimlar buni bilmasdan, boşqa joylarga topşirgan. Masalan, Farğona davlat universiteti yoki Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga kvota berilmagan. Mana bu yerdagi röyxatda keltirilmagan OTM yoki yönalişga topşirganlar röyxatda yöq.

3️⃣ Öqituvçi lavozimida işlamaydi

Bu kvota faqat ÖQITUVÇI lavozimida işlayotganlar uçun. Tarbiyaçi, kutubxonaçi, kadrlar mutaxassisi, murabbiy, laborant, kotiba va hk lavozimdagilar qabul qilinmagan.

4️⃣ Xalq taʼlimi tizimida işlamaydi

Bu kvota faqat XTV tizimidagilar uçun möljallangan. Masalan, musiqa maktablari Madaniyat vazirligiga qaraydi, şu sababli ularga taalluqli emas. Yoki boğçalarda, sport maktablarida, Prezident maktablarida, kollej va texnikumlarda işlayotganlarga ham qöllanmaydi.

5️⃣ Staj yetarli emas

XTV tizimida 5 yillik staj ham talab etiladi. Köpçilik yoki kamroq stajga ega, yoki boşqa joylarda, masalan kollejda öqituvçi bölgan, şu sababli qabul qilinmagan.

6️⃣ Xotin-qizlar uçun kvotaga kirganlar ham bor

Ayrim öqituvçilar 5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun tavsiyanomaga ham ega edi. Şu sababli ular alohida kvotada öqişga qabul qilingan, öqituvçilar röyxatida yöq. Talabalikka qabul qilingan xotin-qizlar röyxatini mana bu yerda köriş mumkin.

Xullas, savol berayotganlarning aksariyati mana şunaqa sabablari borligi uçun röyxatda bölmasligi mumkin.

‼️ BU MUHIM: garçi barça talablarga tuşsa-da, lekin ayrim öqituvçilar haqiqatdan röyxatdan tuşib qolgan. Bunaqalar soni juda kam. Hozirda aniqlangan uşbu kam sonli holatlar körib çiqilmoqda. Ularning masalasini tegişli tartibda ijobiy hal qilişga harakat qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek