Fikr

Ota-bobolarimiz qonini tökkan bosqinçilarning tasmasini taqiş — şarmandalik!

Foto9-may, 2024, 19:352 daqiqa0 koʻrish

Ota-bobolarimiz qonini tökkan bosqinçilarning tasmasini taqiş — şarmandalik!

Yaqinda öğlimning boğçasida 9-may — Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Tadbirdan bir kun oldin boğça maʼmuriyati va ota-onalar ötiradigan Telegram guruhda “bolalarga Georgiy tasmasini taqmanglar, agar tasma kerak bölsa faqat Özbekiston bayroği şaklidagisini taqinglar” deb ogohlantirib yozdim. Xayriyatki, boğça maʼmuriyati ham uruş va qonxörlikni ifodalaydigan barça ramzlardan mutlaqo foydalanmasligini aytdi.

Keyin maʼlum böldiki, Maktabgaça va maktab taʼlim vazirligidan ham bu borada boğçalarga alohida topşiriq tuşgan ekan (bundan juda xursand böldim).

Bugun 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, köça-köyda Georgiy tasmasiga tez-tez közimiz tuşyapti. Afsuski, haligaça yurtdoşlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, kökraklariga taqib yurişibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Uşbu tasma va şu nomdagi orden özga yurtlarni bosib olgan rus bosqinçilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston ölkasiga qilingan bosqinçilik yurişlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini tökkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qöqon xonligini zabt etgani uçun”, “Markaziy Osiyoga yurişi uçun”, “Xiva xonligiga yurişi uçun” kabi medallar taʼsis etilib, ularning barçasida mana şu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizğiş sariq rang – uruş va olov rangi bölsa, qora rang uruşning doimiy hamrohi bölmiş burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

❌ Şu sababli, yurtdoşlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini tökib, yerlarimizni egallagan bosqinçilarning ramzlarini uluğlamaslikka, aksinça butunlay voz keçişga çaqiraman.

✅ Buning örniga 🇺🇿Vatanimiz bayroğini ifodalovçi, ezgulik, mustaqillik va tinçlik ramzi bölgan şaraf tasmasini taqiş maqsadga muvofiq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek