Fikr

Ota-bobolarimiz qonini tökkan bosqinçilarning tasmasini taqiş — şarmandalik!

Foto1-may, 2025, 18:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ota-bobolarimiz qonini tökkan bosqinçilarning tasmasini taqiş — şarmandalik!

Şu kunlarda 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, köça-köyda Georgiy tasmasiga közimiz tuşyapti. Afsuski, haligaça yurtdoşlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, kökraklariga taqib yurişibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Uşbu tasma va şu nomdagi orden özga yurtlarni bosib olgan rus bosqinçilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston ölkasiga qilingan bosqinçilik yurişlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini tökkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qöqon xonligini zabt etgani uçun”, “Markaziy Osiyoga yurişi uçun”, “Xiva xonligiga yurişi uçun” kabi medallar taʼsis etilib, ularning barçasida mana şu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizğiş sariq rang – uruş va olov rangi bölsa, qora rang uruşning doimiy hamrohi bölmiş burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

❌ Şu sababli, yurtdoşlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini tökib, yerlarimizni egallagan bosqinçilarning ramzlarini uluğlamaslikka, aksinça butunlay voz keçişga çaqiraman.

✅ Buning örniga 🇺🇿Vatanimiz bayroğini ifodalovçi, ezgulik, mustaqillik va tinçlik ramzi bölgan şaraf tasmasini taqiş maqsadga muvofiq.

‼️ Ayniqsa boğça va maktablarda bolalarimizga Georgiy tasmasi taqişni mutlaqo taqiqlaşimiz kerak. Qaysi tilda öqiyotganining umuman farqi yöq. Ota-onalar ham buni nazoratga olişsa, yaxşi bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 75 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek