Bunaqa ifloslarga Taşqi işlar vazirligi rasmiy javob berişi şart va zarur
Bunaqa ifloslarga Taşqi işlar vazirligi rasmiy javob berişi şart va zarur
Rossiyalik Zaxar Prilepin ismli harbiy amaldor Özbekistonni Rossiyaga qöşib oliş, u yerda rus tilini örgatiş kerakligi haqida gapiribdi. 2 mln odami bizda işlayaptimi, demak, bizda ularning yerini bosib olişga haqqimiz bor, debdi.
Mamlakatga kelayotgan immigrantlarning davlatini bosib oliş kerak, degan gapiga zaldagi boşqa ruslar ham gulduros qarsak çalibdi. Bu ham aksariyat rus amaldorlarining asl başarasi va könglidagi xohişini körsatadi.
Prilepin ruslar Kiyevda ğalaba qozonib, parad ötkazganidan söng Özbekiston kabi davlatlarni bemalol bosib olişiga heç kim qarşilik qila olmasligini taʼkidlagan.
Endi bu böyiça mening fikrlarim:
Birinçidan, bunaqa ahmoqlarga albatta rasmiy javob berilişi kerak. Turli nodavlat taşkilot vakillarining bayonotlari bilan çeklanmaslik zarur. Albatta rasmiy, davlat pozitsiyasini ifodalovçi, qatʼiy va dadil javob bölişi şart.
Ikkinçidan, bunaqa potensial bosqinçilarga Özbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzişga oçiqdan-oçiq daʼvat qiliş (JK 159-modda) aybi bilan sirtdan jinoyat işi qözğaş kerak. Buning uçun barça yetarli dalillar bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga köra, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar jinoyat işini qözğatiş uçun sabab böla oladi.
Uçinçidan, Muhrim aytganidek, "SSSR qanday parçalangan bölsa, öşa holida tiklanişi kerak", "SSSR noqonuniy parçalangan, uning parçalanişi haqidagi hujjatlar noqonuniy va haqiqiy emas" degan gaplar ham Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş deya baholanişi kerak. Özbekiston hududida ham kimdir şu kabi gaplarni aytsa, albatta jazolanişi şart. Boşqaça aytganda, Özbekiston mustaqilligini şubha ostiga qöyadigan, Vatanimizni yana mustamlaka qilişga olib boradigan har qanday tarğibotga ayovsiz çora körilişi kerak. "Ha, mayli endi, söz erkinligi bu, şaxsiy fikrini aytibdi" degan bahonalar ötmaydi. Har qanday söz erkinligining çegarasi bor. Vatan mustaqilligi mavzusi muqaddas bölişi şart va zarur, bu mavzuda boşqaça talqinlarga örin yöq.
👉 @xushnudbek 👈

