Muhim

Uruşga çaqiruv qoğozi

Foto21-sentabr, 2022, 17:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Uruşga çaqiruv qoğozi

Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga safarbarlik böyiça çaqiruv xatlari kela boşladi. Avvalroq Putin qisman safarbarlik eʼlon qilgandi.

‼️‼️‼️‼️
Rossiyadagi yurtdoşlarimiz va ularning yaqinlari diqqatiga!
‼️‼️‼️‼️

Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga binoan, moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şuningdek, «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunning 25-moddasiga köra, çet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga xizmatga kirganlar Özbekiston fuqaroligidan mahrum qilinadi.

Mabodo siz Rossiyada işlayotgan bölsangiz, pulga qiziqib yoki turli yolğon propagandalarga işonib Ukrainaga uruşga borib yurmang! Pul evaziga odam öldiriş uçun yollaniş katta gunoh va oğir jinoyat. Boz ustiga siz ikkala davlat uçun ham BEGONASIZ!

Uruşga borsangiz, yoki itday ölib ketasiz, yoki bir umrga nogiron bölib qolasiz, yoki mabodo soğ-omon qaytsangiz ham 10 yilga qamalasiz.

Esingizni yiğing! Bu öyin yoki kino emas. Bu — URUŞ!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek