Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 4 poğona pastlab, 137-örinda qayd etildi

Foto5-may, 2023, 10:302 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 4 poğona pastlab, 137-örinda qayd etildi

“Çegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) taşkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur taşkilot 180 ta mamlakatni öz içiga olgan 2023-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi. Özbekiston joriy yilda reytingda 4 poğona pastlab, 137-örinni olgan.

Umumiy reyting körsatkiçida Özbekiston ötgan yilga qaraganda 0,01 ball kam töplagan. Yaʼni ötgan yili 45,74 ball edi, joriy yil 45,73 ballga baholangan. Ötgan yili reytingda bizdan pastda bölgan 🇸🇬Singapur, 🇷🇼Ruanda, 🇵🇭Filippin, 🇱🇰Şri-Lanka va 🇩🇿Jazoir kabi davlatlarining bali yuqorilagani hisobiga Özbekiston 4 örin pastga tuşgan.

Qöşnilarimizda ham örinlarda pasayiş kuzatilgan. Jumladan, 🇰🇬Qirğiziston naq🔻50 örin pastlab (15 reyting bali), 122-örinda qayd etilgan bölsa, 🇰🇿Qozoğiston 12 örin pastlab(3 reyting bali), 134-örinni egallagan (ikkalasi ham bizdan yuqorida).

Bizdan keyingi poğonalardan 🇦🇫Afğoniston (152), 🇹🇯Tojikiston (153) va 🇹🇲Turkmaniston (176) joy egallagan.

Taşkilotning Özbekistonga bağişlangan sahifasida bir qator xulosalar, jumladan kamçiliklar sanab ötilgan. Xususan, OAV va köplab blogerlar davlat nazoratida ekanligi, 30 mln yoşlar borligi hisobiga ijtimoiy tarmoqlardagi faollik keskin ösayotgani, şu sabab Odnoklassniki, Facebook, Telegram kabi tarmoqlarda OAVda yoritilmaydigan korrupsion holatlar muhokama qilinayotgani taʼkidlangan.

Özbekistonning sönggi 10 yildagi örinlari:

2014 — 166-örin
2015 — 166-örin
2016 — 166-örin
2017 — 169-örin
2018 — 165-örin
2019 — 160-örin
2020 — 156-örin
2021 — 157-örin
2022 — 133-örin✅
2023 — 137-örin

2023-yilgi matbuot erkinligi reytingida kuçli öntalikka Norvegiya, Irlandiya, Daniya, Şvetsiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Litva, Estoniya, Portugaliya va Şarqiy Timor joylaşgan.

Eng oxirgi örinlarni Bahrayn, Kuba, Myanma, Eritreya, Suriya, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Xitoy va Şimoliy Koreya egallagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek