Muhim

Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 147-örinda qayd etildi

Albom3-may, 2026, 16:132 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 147-örinda qayd etildi

“Çegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) taşkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur taşkilot 180 ta mamlakatni öz içiga olgan 2026-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi.

Özbekiston joriy yilda reytingda ötgan yilgiga nisbatan bir poğona yuqorilab, 147-örinni band etdi. Biroq reyting balimiz ötgan yilgi (35,24 ball)dan pastroq – 34,95 ball.

Qöşnilarimizning körsatkiçlari esa quyidagiça:

🇰🇬Qirğiziston — 146-örin (2025-yil 144-örin edi);
🇰🇿Qozoğiston — 149-örin (141-örin edi);
🇹🇯Tojikiston — 155-örin (153-örin edi);
🇹🇲Turkmaniston — 173-örin (174-örin edi).

Özbekistonning sönggi 10 yildagi örinlari:

🔹2017-yil — 169-örin
🔹2018-yil — 165-örin
🔹2019-yil — 160-örin
🔹2020-yil — 156-örin
🔹2021-yil — 157-örin
🔹2022-yil — 133-örin✅
🔹2023-yil — 137-örin
🔹2024-yil — 148-örin
🔹2025-yil — 148-örin
🔹2026-yil — 147-örin

2026-yilgi matbuot erkinligi reytingida kuçli öntalikka Norvegiya, Niderlandiya, Estoniya, Daniya, Şvetsiya, Finlyandiya, Irlandiya, Şveytsariya, Lyuksemburg va Portugaliya joylaşgan. 

Eng oxirgi örinlarni Eritreya, Şimoliy Koreya, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, Afğoniston va Vyetnam egallagan.

❗️Yana bir eʼtiborga molik jihati, tarixda ilk bor dunyo mamlakatlarining yarmidan köpi matbuot erkinligi böyiça “murakkab” yoki “öta oğir” vaziyatdagi davlatlar qatoriga kirdi. Sönggi 25 yilda Indeksda örganilgan 180 ta mamlakat va hududning örtaça körsatkiçi heç qaçon bunçalik past darajaga tuşmagan edi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek