Sport

Özbekiston — robototexnika böyiça jahon çempioni!

Albom11-oktabr, 2026, 11:372 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 208 ming

🏆 Özbekiston — robototexnika böyiça jahon çempioni!

🇰🇷Janubiy Koreyaning Inçeon şahrida 200 ga yaqin davlat vakillari iştirokida ötayotgan FIRST Global Çallenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida 🇺🇿Özbekiston terma jamoasi 🥇3 ta oltin medalni qölga kiritib, mutlaq çempionlikka erişdi.

Yoş muhandislarimiz 16 ta öyinning barçasida ğalaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

ℹ️ Maʼlumot uçun, uşbu musobaqa har yili FIRST Global taşkiloti tomonidan ötkaziladigan robototexnika olimpiadasi hisoblanadi. Unda turli mamlakatlardan kelgan yuqori sinf öquvçilari (14-18 yoşli) tanlab olingan muayyan global muammoning muhandislik yeçimi ustida boş qotirişadi.

Masalan, bu yilgi musobaqa örmon yonğinlarining oldini oliş, oqibatlarini yumşatiş hamda tabiatni qayta tiklaş muammosiga bağişlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xorijiy va nodavlat oliygohlar talabalari uçun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boşlandi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 231 ming1 daqiqa

  2. Taʼlim kreditini «xazna» ilovasi orqali onlayn rasmiylaştiring

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 231 ming1 daqiqa

  3. Erkinjon Turdimov sirdaryoliklar bilan xayrlaşdi

    Telegramʼdagi koʻrishlar: 197 ming1 daqiqa

Yana oʻqing