Diplomatiya

Özbekiston TIV Afğoniston va Pokistonni özaro otişmani darhol töxtatişga çaqirdi

Video27-fevral, 2026, 22:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇦🇫🇵🇰Özbekiston TIV Afğoniston va Pokistonni özaro otişmani darhol töxtatişga çaqirdi

Taşqi işlar vazirligimiz bergan bayonotda yuzaga keladigan barça kelişmovçiliklar faqat tinç yöl bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va özaro hurmat prinsiplari asosida hal etilişi lozimligini bildirildi.

ℹ️ Maʼlumot uçun, Afğoniston va Pokiston örtasidagi navbatdagi otişmalar keçadan buyon davom etmoqda. Pokiston Tolibonni mamlakatda terrorçi guruhlarga boşpana berib kelayotganlikda hamda Pokistonga qarşi Hindiston bilan aloqa örnatayotganlikda ayblamoqda. Afğoniston esa bu ayblovlarni tan olmayapti.

Pokiston Mudofaa vaziri Xavoja Asif mamlakat Tolibonga qarşi “oçiq uruşda” ekanini maʼlum qildi. Afğoniston poytaxti Kobul va yana ikki provinsiyaga havo zarbalari berildi. Tolibon esa, öz navbatida, Pokistonning çegara postlarini nişonga oldi.

Pokiston tomoni berilgan zarbalar oqibatida Tolibonning 274 nafar askari yöq qilinganini daʼvo qilayotgan bölsa, Tolibon 55 nafar pokistonlik halok bölganini taʼkidlamoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek