Muhim

YPX xodimiga böysunmay, faqat jarima bilan qutilganini maqtangan şaxs 10 sutkaga qamaldi

Video27-fevral, 2026, 20:223 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️YPX xodimiga böysunmay, ketib qolgan bölsa ham, faqat jarima bilan qutilganini maqtangan şaxs 10 sutkaga qamaldi

Toşkentda avtoservislardan birining rahbari A.Jumayev va şerigi 2 ta BMW avtomobilida YPX xodimlariga böysunmay, ketib qolgani aks etgan videolar tarqaldi.

U keyinroq bergan intervyusida “boşqalar 15 sutkaga ötirib çiqadigan qoidabuzarlik uçun jarima bilan qutilgani”ni aytib maqtandi. Şuningdek, u qoidabuzarligidan faxrlanişini aytgan.

Maʼlum bölişiça, u Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani sudining 16-yanvardagi qaroriga asosan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining foto va (yoki) videotasvirini ularning obrösizlantirilişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatiş) bilan BHMning 20 baravari miqdorida (8,4 mln söm) jarimaga tortilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qoidabuzarning yuqoridagi intervyusi tarqalgaç, Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Toşkent şahar sudining sudlov hayʼatiga protest kiritildi va birinçi instansiya sudining jarima soliş haqidagi qarori bekor qilinib, A.Jumayevga nisbatan 10 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek