Özbekistonda iş beruvçilarga qöyilgan bir qator talablar bekor qilindi

Hujjat8-avgust, 2025, 19:401 daqiqa0 koʻrish

Ish beruvchilarni rag'batlantirishga oid farmon PF-126.pdf

PDF · 20 MB

Yuklab olish

❌ Özbekistonda iş beruvçilarga qöyilgan bir qator talablar bekor qilindi

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.

🗓 Unga köra, 2025-yil 1-sentyabrdan boşlab iş beruvçilarga qöyilgan quyidagi talablar bekor qilinadi:

🔹 böş iş örinlari haqida bandlik organlariga hisobot beriş;

🔹 bandlik organi yöllanmasi bilan böş iş örniga kelgan nomzodni işga qabul qilmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik.

📚 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oşiriş va kasbga qayta tayyorlaniş istagidagi şaxslarga qöşimça taʼlim oliş uçun “kasb vauçeri” beriş tartibi joriy etiladi. “Kasb vauçeri” ssuda sifatida beriladi.

📄 Şaxs öqişni tugatib, sertifikat olgaç, işga joylaşganidan söng, ssudani 2 yil davomida Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga qaytaradi.

💵 Quyidagi şaxslarga kasb-hunar kurslarida taʼlim oliş davrida Jamğarma hisobidan mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 1 baravari (1 mln 271 ming söm) miqdorida stipendiya tölanadi:

▪️nogironligi bölgan şaxslar;

▪️3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʼlim olayotgan Kambağal oilalar reyestridagi oilalar aʼzolari;

▪️doimiy yaşaş joyidan boşqa hududga qatnab taʼlim olayotgan şaxslar.

🚫 Bunda işsizlik nafaqasi tölanişi davrida öquvçilarga stipendiya tayinlanmaydi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek