Fikr

Özbekistonga jamoat kutubxonalari kerak

Albom8-yanvar, 2023, 14:122 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekistonga jamoat kutubxonalari kerak. Qança köp bölsa, şunça yaxşi

Garvard universiteti ilmiy tadqiqotçisi Botir Qobilov Twitter’da AQŞdagi jamoatçilik kutubxonalari haqida qiziq maʼlumotlar yozdi. Sizlar bilan ham ulaşyapman:

“AQŞda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restoranlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan köproq.

Stereotiplarni buzadigan bölsak: amerikaliklar kutubxonalarga kinoteatr, sport tadbirlari, muzey, konsert, boğ va kazinolardan köra köproq borişarkan. Eslatma: kutubxona faqat kitob öqiydigan joy emas.

Jamoat kutubxonasida immigrantlar ingliz tilini bepul örganadi, kompyuteri yöqlar kelib bepul foydalanadi. Boşpana, iş, öqiş qayerdan topsam böladi, degan savollarga javob oladi, bolalar tengdoşlari bilan muloqot/dars, qariyalar madaniy hordiq uçun keladi.

Boşpanasi, uyi yöqlar ham keladi, ular haydab yuborilmaydi. Kirişda aʼzolik kartoçkasini ham heç kim söramaydi. Çunki bu jamoat kutubxonasi.

Men jamoat kutubxonalarining muxlisiman. Bunday joylar imkoniyatlarni tenglaştiradi, turli tabaqaga mansublarni bir joyga jamlay oladi, ularni jismonan va maʼnan bir-biriga yaqinlaştiradi.

Boston jamoat kutubxonasi binosining bir tarafida şunday bitiklar bor (sodda tarjima qilaman): "Tartib va erkinlikning himoyaçisi sifatida odamlarning taʼlimi talab qilinadi".

Qaytaraman, jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan, Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar röyxati: Boşpana, şelter, tekin ovqat, tekin tibbiy yordam, tekin yuridik va moliyaviy xizmatlar va hk.

New York Times’da şu töğrisida yaxşi material çiqqandi. Fuqarolik jamiyatini (qayta) quriş uçun eng muhim ijtimoiy infrastrukturalardan biri — bu jamoat kutubxonalari ekanligi haqida.

Post tugadi.

Xulosa: bizga ham ana şunday formatdagi jamoat kutubxonalari kerak. Mayli, boşlanişiga har bir hududga heç bölmasa bittadan. Balki Toşkentga sal köproq, şu jumladan Talabalar şaharçasiga albatta. Keyin zaruriyatga qarab barça hududlarda yana köpaytirilaveradi.

Yuqorida AQŞdagi ayrim jamoat kutubxonalarining rasmlari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek