Fikr

Yana taʼkidlaymiz: bizga jamoat kutubxonalari kerak

Matn22-oktabr, 2023, 14:043 daqiqa0 koʻrish

Yana taʼkidlaymiz: bizga jamoat kutubxonalari kerak. Qança köp bölsa, şunça yaxşi

Keça çiqqan xabarga köra, 20-oktyabrdan Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tunu kun işlaş rejimini töxtatibdi. Bu qaror kuz-qiş mavsumida elektrni tejaş, tunda işlaş uçun qöşimça ştatlar ajratilmagani, şuningdek, foydalanuvçilarni nazorat qiliş imkoni çeklangani uçun qabul qilinibdi.

Albatta, şundoq ham bizda keskin qisqarib ketgan kutubxonalar fonida bu xabar yanada oğriqli qabul qilinmoqda. Jamoat faollari haqli va töğri savollarni qöymoqda.

Harvard universiteti katta ilmiy xodimi Botir Qobilov uşbu mavzuda quyidagiça fikr bildirgan:

“Uşbu kutubxonaning obunaçisi sifatida aytişim mumkin - yaxşi iş bölmabdi. Umid qilamanki bu faqat vaqtinçalik va kutubxonaning uzluksiz faoliyati tiklanadi.

Toşkentda baʼzida uydan taşqari joyda kompyuterimda işlaş uçun joy qidirib qolaman. Baʼzilar “kofe-şoplar talaygina-ku, boring” yoki “bizning ofisdan joy qilib beramiz” deyişadi. Yoki, pullik kovorking markazlarini tavsiya etişadi. Lekin kofe-şopga borib şovqinda işlay olmasam-çi, yoki ofisdan stol berib turadigan tanişim bölmasa-çi? Kovorking markazlari tölovi menga qimmatlik qilsaçi? Qayerga yana boraman? Javob: jamoat kutubxonasi bölişi kerak.

Yil boşida şunday joy qidirganimda Milliy kutubxonaga borgan edim, obuna kartoçkamni oldim. Lekin içkaridan joy topa olmay çiqib ketişga majbur böldim. Bundan xursand böldim albatta, şunçalik kutubxona yoşlar bilan tölaligini körib.

Meni qöyib turaylik. Aslida Özbekistonga juda köp jamoat kutubxonalari kerak. Har qadamda, har tumanda. Faqat talaba emas, balki istalgan foydalanuvçilar uçun [oldi] eşiklari doimo oçiq, u yerda foydalanuvçilar nima qilişlarini nazorat qilmaydigan kutubxonalar kerak. Gap faqat Toşkent şahrida yoki viloyat markazlarida emas, qişloqlarda, mahallalarda jamoat kutubxonalari kerak (ularning soni haqida ikki yil oldin yozgan ekanman). Menga qolsa, mahalla guzari emas, mahalla kutubxonasi köproq bölsin. Masalan, Buxoroning Olot tumanidagi bir mahalladagi kutubxona faoliyatini kuzatib juda xursand bölaman.

Men AQŞning köp şaharlarida, yoki xorijda konferensiyalarda bölaman. Mening faoliyatim deyarli 24/7 davom etadi, şunga qayerdadir ötirib, işimni qilib olişim kerak. Şu maqsadda men asosan öşa şahardagi jamoat kutubxonasiga boraman. Borgan barça joyimda kiriş bepul, eng tez wi-fi, içida tamaddi qilişga imkoniyat bor. Nyu York, Dallas, Edinburg, London v.h. — barça şaharlardagi xotiralarimda jamoat kutubxonasi bor va barça joyda ular odam bilan töla. Eng muhimi turistlar ham öşa yerda! Avvalambor, ötirib dam olişga, wi-fidan foydalanişga, zaryad qilib olişga şaharda eşiklari doim oçiq böladigan deyarli yagona joy — bu jamoat kutubxonasi. Aytmoqçimanki, özimizning foydalanuvçilar uçun demasak ham, biz yaxşi köradigan "turistlarni jalb qiliş uçun" şioriga ham aynan jamoat kutubxonasi tizimini yaxşilaş, uni öta qulay makonga aylantiriş kerak böladi. Muz saroyi emas.

Kutubxonalar bu stereotipdagi faqat talabalar kitob öqiydigan joy emasligini, ular imkoniyatlarni tenglaştiradigan, insonlarni özaro bir-biriga yaqinlaştiradigan va fuqarolik jamiyatini qurişda muhim makon ekanligini eslatişni joiz deb topdim”.

Post tugadi.

Avval aytganimdek, yana takrorlayman: bizga jamoat kutubxonalari kerak. Qança köp bölsa, şunça yaxşi.

P/S: aytişlariça, Alişer Navoiy kutubxonasi yana 24/7 rejimga qaytişi mumkin ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek