Qirğizistondan olib kelingan kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari musodara qilindi
DXX: Qirğiz Respublikasidan kontrabanda yöli bilan olib kelingan kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari musodara qilindi
Namangan şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda Qirğiz Respublikasining Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida yaşovçi şaxs hamda Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida istiqomat qiluvçi 2 nafar şaxs özaro kelişgan holda Qirğizistondan mamlakatimizga aylanma yöllar orqali olib kirilgan 16 ming 800 dona “Regapen” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini 36 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida qölga olindi.
***
Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda esa, Şayxontoxur tumanida yaşovçi fuqaroning yoni va avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda 15 dona “Regapen” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi.
Şuningdek, uning tanişining yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, 2 ming967 dona “Regapen” dori vositasi borligi maʼlum bölib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
***
“Farğona-Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomaşina Sergeli tumani hududida töxtatilib, közdan keçirilganda, unda Farğona şahrida yaşovçi fuqaroga tegişli 1 ming 400 dona “Regapen”, 30 dona “Tropikamid” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
***
Namangan şahrida istiqomat qiluvçi şaxsning “Lasetti” rusumli avtomaşinasi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, unda 6034 dona “Regapen” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi. Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning yaşaş xonadonidan ham 2 ming 800 dona “Regapen” dori vositalari olindi.
***
Barça holatlarda musodara qilingan dori vositalari Qirğiz Respublikasidan mamlakatimizga kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Hozirda jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


