Qöqonda ammiak tökilgani böyiça rasmiy izoh berildi
❗️ Qöqonda ammiak tökilgani böyiça rasmiy izoh berildi
Bugun, 16-may kuni soat 20:30 da Farğona viloyati Qöqon şahrida joylaşgan korxonalarning biriga temir yöl orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga böşatilayotgan vaqtda şlang yorilişi natijasida taxminan 10% ammiak tökilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra 7 nafar fuqaro şifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy körikdan ötkazilib, ahvollari yaxşi bölganligi bois uyiga ruxsat berilgan.
Milliy gvardiya Farğona viloyati boşqarmasi esa "Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals" korxonasida ammiak sizib çiqişi oqibatida 10 ga yaqin fuqaro tez tibbiy yordamga murojaat qilganini maʼlum qildi.
Voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari, IIB, FVV xodimlari yetib borgan. Barça fuqarolar va zavod işçilari voqea joyidan evakuatsiya qilingan. Ayni damda zavodga olib boradigan yöllar yopilib, fuqarolar xavfsizligi taʼminlangan.
“Barça kuç va texnik vositalar favqulodda holatni bartaraf etgan. Vaziyat huquqni muhofaza qiluvçi organlar nazoratida”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Rasmlarda kislota tökilgan vaqtdagi hamda hozirgi holat aks etgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars
