Ramazon

Ramazonning 18-kuni: Naqliyot vositalari odoblari

Matn8-mart, 2026, 04:483 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

8-mart, yakşanba (18-kun)
Saharlik vaqti: 05:29
Iftorlik vaqti: 18:25 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

NAQLIYOT (TRANSPORT) VOSITALARI ODOBLARI

Naqliyot vositasini haydovçi kişi belgilangan tezlikka rioya qilişi lozim.

Zotan, noörin şoşiliş şaytondandir. Bunday holatlarda şoşilib, tezlikni oşiriş köpçilikka zarar yetkazişi, odamlarning asabini buzişi, Alloh körsatmasin, hatto baxtsiz hodisalarga, yöl falokatlariga sabab bölişi ham mumkin.

Naqliyot vositasini haydovçi özidan boşqalarga xalal bermasligi odobdandir.

Baʼzi haydovçilar öz hamkasblariga xalal beradigan işlarni öylamay-netmay qilaverişadi, bu ğirt beodoblikdir. Boşqalarning yölini tösiş, qizil çiroqda ötib ketiş, ulovni beparvolik va qöpollik bilan boşqariş, özga haydovçilarning yurişiga xalal beruvçi boşqa harakatlarni qilişdan saqlaniş lozim.

Naqliyot vositasini haydovçi kişi ogohlantiruvçi ovoz çiqaruvçi moslamani iloji boriça çalmaslikka harakat qilişi zarur.

Baland va kutilmagan ovoz köpçilikka ozor berişi, asabini buzişi, yöldan çalğitişini unutmaslik kerak. Bunday ovoz vositalari bilan avtoulovlarni jihozlaşdan maqsad, zarurat yuzasidan işlatiş uçundir. Birovni bezovta qiliş, çöçitiş va norozilik uyğotiş uçun emas.

Naqliyot vositasini haydovçidan doimo huşyor bölişi talab etiladi.

Albatta, busiz mumkin ham emas. Alloh taolo körsatmasin, ehtiyotkorlik bir zum unutilsa, eʼtibordan çetda bölinsa, biror kor-hol bölişi ehtimoli kuçayadi. Şuning uçun haydovçining har taraflama ehtiyot çoralarini körib borişi juda muhim.

Naqliyot vositasini haydovçi boşqa haydovçilar bilan ham, yölovçilar bilan ham xuşmuomalada bölişga harakat qiladi.

Bu iş yuksak odobdir. Musulmon odam doimo xuşmuomala bölişi kerak. Ammo bu sifat haydovçilar uçun ayniqsa juda zarur. Baʼzi tajang haydovçilarning öz hamkasblari bilan ham, yölovçilar bilan ham ğijillaşib turişi, bölar-bölmasga asabiylaşaverişi heç kimga ziynat ham, odobdan ham emas.

Naqliyot vositasini haydovçi öz markabini taqiqlangan joylarda töxtatmasligi ham yuksak odobdir.

Bu iş jamoatçilik odoblarining közga köringanlaridan biridir. Zotan, töxtaş taqiqlangan joyga avtoulovni töxtatiş katta beodoblik, boşqalarga hurmatsizlikdir. Bu iş bilan haydovçi köpçilikni behurmat qilgan va ularga noqulaylik tuğdirgan böladi.

Naqliyot vositasini haydovçi avtoulovni ruxsat berilgan joyga ham boşqalarga xalaqit bermaydigan qilib töxtatişi lozim.

Baʼzi holatlarda boşqa naqliyot vositalari öta olmay qoladigan darajada töxtatib qöyilgan avtoulovlar köpçilik uçun noqulaylik tuğdiradi, bundan köçalar tösilib qolişi, işi zarur kişi yumuşiga keçikişi kabi holatlar ham vujudga keladi. Bu esa mazkur xalaqit berayotgan avtoulov egasining beodobligi sababidan vujudga keladi. Musulmon inson uçun bu kabi beodoblikka yöl qöyiş katta ayb hisoblanadi.

Naqliyot vositasini haydovçi biror iş bilan avtoulovini qoldirib ketadigan bölsa, uni yaxşilab qulflab, barça ehtiyot çoralarini körib ketişi kerak.

Aksinça, pala-partişlik va ehtiyotsizlik qilsa, öziga zarar yetişi mumkin böladi. Köça tasodiflarga töla, özini bilmaganlar avtoulovni olib qoçişi yoki biror joyiga zarar yetkazişi, uning içidagi narsalarni, ehtiyot qismlarini öğirlab ketişi mumkin.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek