Ramazon

17-kun: Naqliyot vositalari odoblari

Matn7-mart, 2026, 18:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

7-mart, şanba (17-kun)
Iftorlik vaqti: 18:24 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

NAQLIYOT (TRANSPORT) VOSITALARI ODOBLARI

Naqliyot vositasini minişda körsatilgan duoni öqişni zinhor unutmaslik kerak.

Çunki inson boşqa barça holatlarda bölgani kabi, naqliyot vositasini minişda ham Parvardigorining madadi va himoyasiga hamişa muhtojdir.

Alloh taolo Zuxruf surasida marhamat qiladi:
(Qurʼoniy oyat matni)

«U barça juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda çorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qilgan Zotdir. Toki, siz ular ustiga örnaşgaysizlar, söngra, ularning ustiga örnaşib olgaç, Robbingizning neʼmatini eslab: «Bizga buni xizmatkor qilib qöygan Zot pokdir. Bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvçilardirmiz», degaysiz» (12-14-oyatlar).

Inson markabga minganda, özida allaqanday bir kötarinkilik, ğurur va manmanlik paydo bölganini sezadi. Ana şunday holatda darhol unga markab miniş imkonini bergan Zotni, yaʼni Alloh taoloni eslasa, Unga şukrona ölaroq yuqoridagi oyatda kelgan duoni öqisa, hamma narsa örniga tuşadi.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga çiqib, tuyalariga minganlarida uç marta takbir aytar va:
«Subahanallazii saxxoro lanaa haaza. Va maa kunnaa lahu muqriniyn va innaa ila robbinaa lamunqalibun. Allohumma! Innaa nasʼaluka fii safarinaa haaza al-birra vat-taqva va minal amali maa tarzo. Allohumma! Havvin alaynaa safarana haaza vatvi’ annaa buʼdahu. Allohumma! Antas-sohibu Fis-safar val xalifatu fil ahl. Allohumma! Innii aʼuuzu bika min vaʼsais safari va kaobatil manzari va suʼil munqalabi fil mali val ahli», der edilar.
Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.

Duoning maʼnosi: «Bizga buni böysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va albatta, biz Robbimizga qaytguvçilardirmiz». Allohim! Albatta, biz uşbu safarimizda yaxşilikni, taqvoni va Özing rozi böladigan amalni söraymiz. Bizlarga bu safarimizni oson qilgin. Allohim! Sen safarda sohibsan va ahlda xalifa – örinbosarsan. Allohim! Sendan safarning maşaqqatidan, ahl va molda mahzun bölib qaytişdan hamda yomon manzara bölişidan panoh sörayman!»

Naqliyot vositasini minib borayotgan kişi Alloh taoloning zikrini qilib borişi yuksak odobdir.

Alloh taoloni zikr qilişni heç qaçon tark etmaslik kerak. Ammo naqliyot vositalarida ketayotgan kişilar uçun zikr alohida ahamiyat kasb etadi.

Naqliyot vositasining egasi uni layoqatsiz kişilarga va yoş bolalarga bermasligi kerak.

Naqliyot vositasini mazkur toifadagi kişilarga beriş oqibatida jon yoki mol talofatiga uçrab qoliş ehtimoli va xavfi köp.

Naqliyot vositasiga yuk ortganda, boşqalarga ziyon yetmasligi çorasini köriş lozim.

Agar bu maʼnoda yöl qöyilgan eʼtiborsizlik oqibatida biror kişiga va narsaga zarar yetsa, naqliyot vositasining egasi tölab beradi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek