Ramazon

9-mart uçun iftorlik vaqti va naqliyot vositalari odoblari haqida xulosa

Matn9-mart, 2026, 17:472 daqiqa0 koʻrish

9-mart, duşanba (19-kun)
Iftorlik vaqti: 18:27 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

“NAQLIYOT VOSITALARI ODOBLARI” BOBI UÇUN MUALLIFDAN XULOSA

Uşbu «Naqliyot (transport) vositalari odoblari» sarlavhasi ostida kelgan maʼlumotlar oldingi kitoblarimizda topilmaydi. Zotan, yangi paydo bölgan naqliyot vositalariga oid odoblar ulardan oldingi yozilgan kitoblarda bölişi mumkin ham emas. Qadimgi naqliyot vositalariga oid odoblar esa öz holiça bayon qilingan bölib, ular alohida jamlanmagan edi.

Şuning uçun bölsa kerak, hozir bu boradagi odoblarga rioya qiliş köngildagidek emas. Kamina xodimingizga bu haqda odamlar şikoyat qilib turişadi. Ularning gaplariga qaraganda, köpçilik yöl harakati qoidalariga ham, ulov minişdagi odob-axloq meʼyorlariga ham amal qilmaydi. Köpgina haydovçilar bir-birlariga ozor berişadi, sökişib-urişadi va hokazo.

Bir taniş kişining aytişiça, yoşi ötib qolgani sababidan u avtoulovini sekinroq haydar ekan. Yoş haydovçilar u kişining ortidan «tezroq hayda» degan maʼnoda ovoz çiqariş asbobi (signal) bilan şovqin kötarişar, u kişidan oldinga ötib olgaç, uyat gaplar bilan sökib ketişar ekan. Mazkur tanişimiz bu gaplarni alam bilan aytdi va odamlarga bu borada ulamolar tuşunça berişsa, yaxşi bölişini ham taʼkidladi. Bunga öxşaş gap-söz va fikr-mulohazalar tez-tez uçrab turibdi.

Mazkur avtoulov beodoblari piyoda yurganlarida, suhbat va boşqa muomalada yuqorida aytib ötilgan beodobliklarini qilmasliklari mumkin. Çunki bu holatlarda köz közga tuşib turadi. Ammo uşbu holatdan yiroqlaşib, öz uloviga minib olgaç, insonning iliq nafasini sezmay, közi köziga tuşmay turganda, istagan nomaʼqulçiligini öziga ep körib qoladi.

Aslida bu holat öşa insonlarning umumiy odob-axloqlari darajasi pastligidan kelib çiqqan böladi. Ularning köz közga tuşib turganda odobliroq bölişlari riyokorlikdan iborat böladi. Odob va axloq meʼyorlari ularning asosiy sifatiga aylanmagani uçun, mazkur beodobliklarni qilişni özlariga ravo körişadi. Haqiqiy mömin-musulmon kişilarning odob va axloq meʼyorlari ularning doimiy sifatlariga aylanib qolgani uçun, qayerda, qaçon, kimning oldida bölişidan qatʼi nazar, özlarini yuksak odob doirasida tutişadi.

Uşbu mulohazalar turtki bölib, ançadan buyon umumiy tarzda ijtimoiy odoblar haqida, xususan, yangi paydo bölgan naqliyot, sözlaşuv vositalari va boşqa narsalarga oid odoblarni xalqqa yetkaziş maslahatini qilib yurar edik. Yoş olimlarimizdan baʼzilariga iltimos qilib, ular bu mavzularda risolalar ham yozişgan, bular internetdagi sahifamizda naşr ham qilingan edi. Öşa bitiklardan foydalanib, uşbu kitobga ham yangi mavzuga oid maʼlumotlar sifatida bir neça boblarni kiritişni maʼqul kördik.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek