Ramazonning 26-kuni: Qadr keçasini bedor ötkaziş fazilati haqida hadis
5-aprel, juma (26-kun)
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toşkent vaqti)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Laylatul Qadrni iymon va savob umidida qoim bölib ötkazsa, uning ötgan gunohlari mağfirat qilinur», dedilar».
Beşovlari rivoyat qilganlar.
📖 Şarh: «Qoim» lafzi luğatda «tik turiş» maʼnosini anglatadi. Istilohda esa keçani ibodat bilan uxlamay ötkazişga aytiladi.
Qadr keçasini bedor ötkaziş qanday böladi? Bu savolga ulamolarimiz batafsil javob berganlar.
Avvalo, bu keçani qoim bölib ötkaziş uçun öşa keça Xufton va Bomdod namozlarini jamoat bilan öqiş kerak. Çunki bir hadisda «Kim Xuftonni jamoat bilan öqisa, keçaning yarmini bedor ötkazgan böladi», deyilgan.
Boşqa bir hadisda esa «Kim Bomdod namozini jamoat bilan öqisa, keçaning yarimini bedor ötkazgan böladi», deyilgan.
Qolaversa, keçaning qolgan qismida nafl namoz öqib, Qurʼon tilovat qilib, zikr va duo qilib çiqiş lozim.
Ana şunda keçani bedor ötkazgan böladi va hadisdagi Qadr keçasini iymon va ixlos bilan qoim bölib ötkazganlarga qilingan vaʼda - ötgan gunohlarning mağfirat qilinişiga erişiladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈

