Raqobatni rivojlantiriş böyiça konsepsiya işlab çiqildi
Raqobatni rivojlantiriş böyiça konsepsiya işlab çiqildi
Bu haqda Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan yiğilişda maʼlum qilingan. Konsepsiyaga köra:
— tadbirkorlik subyektlarining bozorlarga erkin kirişini qiyinlaştiruvçi normativ-huquqiy moddalar va ortiqça talablar bekor qilinadi;
— ruxsat beruvçi jarayonlar va litsenziyalar javobgarlikni majburiy suğurtalaş bilan almaştiriladi;
— tabiiy monopoliya sohalarida mustaqil bozor regulyatorlari joriy etiladi;
— raqobatni çeklovçi individual xususiyatli davlat yordami, jumladan, eksklyuziv huquq, imtiyoz, preferensiya va yengilliklar bekor qilinadi;
— raqobatga qarşi kelişuv va xatti-harakatlar, til biriktiriş holatlari haqida maʼlumot bergan şaxslarni oşkor qilmaslik va mukofotlaş tizimi joriy etiladi;
— energetika, neft-gaz, suv xöjaligi, yöl qurilişi, temiryöl va aeroport xizmatlari kabi qator sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqiçma-bosqiç tugatiş çoralari köriladi.
👉 @xushnudbek 👈


