«Reklama töğrisida» yangi qonunda yana nimalar özgardi?
«Reklama töğrisida» yangi qonunda yana nimalar özgardi?
Şu yil 7-iyunda imzolangan «Reklama töğrisida»gi yangi qonun sentabrdan kuçga kirdi. Unda Özbekiston hududida reklama davlat (özbek) tilida tarqatilişi haqida aytgandik. Şuningdek, yana bir qator özgarişlar böldi.
⛔️ Quyidagilar taqiqlanadi:
🍼 ona sutining örnini bosuvçi mahsulotlarni reklama qiliş;
💵 narxlarni (tariflarni) çet el valyutasida körsatiş;
🔞 bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yoş tasnifini körsatmasdan reklama qiliş;
🗣 milliy va oilaviy anʼanalarga, şuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bölgan şakllar, iboralar va obrazlardan foydalaniş;
🥤 energetik içimliklarning reklamasini soat 7:00-dan soat 22:00-gaça televideniye va radio orqali reklama qiliş;
🚭 tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qiliş moslamalarini reklama qiliş;
💊 dori vositalarini reklama qilişda taniqli şaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki taşqi körinişi şifokorlarning taşqi körinişiga öxşaş şaxslarning iştirok etişi;
🍷 alkogol mahsulotlari reklamasi.
👉 @xushnudbek 👈

