Saudiya Arabistonida Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik taşkilotining qöşma sammiti bölib ötdi
Saudiya Arabistonida Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik taşkilotining navbatdan taşqari qöşma sammiti bölib ötdi. Isroil-Falastin uruşi hamda Ğazodagi gumanitar inqiroz masalasi muhokama qilingan sammitda Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov ham iştirok etdi.
Sammit iştirokçilari bir ovozdan mojaroga barham beriş uçun birinçi qadam Ğazo sektorida harbiy harakatlarni töxtatiş kerak degan töxtamga kelgan. Erdöğon bu yerda söz bir neça soatlik tanaffus haqida emas, balki öt oçişni butkul töxtatiş haqida borayotganini taʼkidlagan. Iştirokçilarga köra, ikki mustaqil davlat yaratiş orqaligina mojaroga adolatli yeçim topiş mumkin.
Sammitda IHT homiyligida Ğazoni qayta tiklaş jamğarmasini yaratiş ğoyasi ilgari surilgan. Qatar amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga köra, BMT Isroilning tinç aholi manzillariga, jumladan, soğliqni saqlaş muassasalariga uyuştirgan hujumlari uçun javobgarlik darajasini aniqlaş maqsadida Ğazo sektoriga xalqaro tergov guruhini yuborişi zarur.
👉 @xushnudbek 👈


