Şahar markaziga yöl ötkazgiç kerakmi?
Şahar markaziga yöl ötkazgiç kerakmi?
Toşkent şahridagi Botir Zokirov va Navoiy köçalari kesişmasida yöl ötkazgiç qurişga oid reja haqida xabar tarqalgaç, GazetaUz naşri bu reja şaharda piyodalar ustuvorligini taʼminlaş haqidagi tamoyilga zid bölgan bahsli qarorligi töğrisida katta maqola eʼlon qildi.
Maqolada yöl ötkazgiçlar (xalq tilida köprik) tirbandlik muammosini hal qilmasligi, aksinça bu muammoni yana-da köpaytirişi va qurilişga sarflangan xarajatiga nisbatan samarasiz ekanligi allaqaçon isbotlangani, zamonaviy şaharsozlikda asosiy urğu avtomobillarga emas, odamlarga qaratilayotgani aytilib, şu sababli şahar markazida yöl ötkazgiç quriş loyihasini oçiq muhokama qilişga çaqirildi.
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov GazetaUzga mazkur masalada quyidagiça munosabat bildirdi:
"Şaharda tirbandlik masalasi dolzarb bölib turibdi. Yildan-yilga vaziyat çuqurlaşib bormoqda. Modomiki şunday loyiha böladigan bölsa, uni işlab çiqiş uçun eng yaxşi mutaxassislar jalb qilinadi. Tabiiyki, jamoatçilik fikri inobatga olinadi. Hozir qandaydir xulosa yoki taxmin qilişning mavridi emas".
P.S.: umid qilamizki, yakunda katta joyni samarasiz egallaydigan qimmat köprik örniga, odamlar mazza qilib sayr qiladigan, piyoda, velosipedda, samokat va boşqa şu kabi vositalarda erkin harakatlana oladigan hamda yöl harakati aqlli taşkil etilgan çorrahalar paydo böladi.
👉 @xushnudbek 👈


