Şavkat Mirziyoyev BMTning iqlim özgarişi böyiça COP31 konferensiyasida iştirok etdi
Şavkat Mirziyoyev BMTning iqlim özgarişi böyiça COP31 konferensiyasida iştirok etdi
Davlat rahbari Antaliyada bölib ötayotgan konferensiyadagi nutqida Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusini ilgari surdi.
Prezident uşbu hamkorlikni uçta asosiy yönalişdan boşlaşni taklif qildi:
1. Axborot yönalişi:
➖ Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida maʼlumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş;
➖ dastlabki bosqiçda tabiiy ofatlar paytida tezkor çora-tadbirlar köriş uçun erta ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş;
➖ sekin-asta yuzaga keladigan tabiiy ofatlarni monitoring qiliş böyiça körsatkiçlar va ularga asoslangan qöşma mexanizmlarni şakllantiriş.
2. Texnologik yönaliş:
➖ Markaziy Osiyoning “Eco Expo” körgazmasini mintaqaga mos zamonaviy ekologik yeçimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantiriş.
3. Moliyaviy yönaliş:
➖ taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uçun yangi kömak vositalari — imtiyozli grantlar, şuningdek, “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş.
Şuningdek, Prezident Iqlim integratsiyasi modelini barça manfaatdor mintaqalarda qöllaşni taklif etdi.
👉 @xushnudbek 👈


