Şavkat Mirziyoyev Isroilning 9-sentyabr kuni Qatar poytaxtiga bergan zarbasini keskin qoraladi
🇺🇿🇶🇦Şavkat Mirziyoyev Isroilning 9-sentyabr kuni Qatar poytaxtiga bergan zarbasini keskin qoraladi
Prezident keça, 12-sentyabr kuni Qatar amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Unda Qatar mustaqilligi va suverenitetini buzadigan, uning xavfsizligiga tahdid soladigan bunday nomaqbul xatti-harakatlar BMT Nizomi, xalqaro huquqning asosiy qoida va tamoyillariga zid ekani qayd etildi.
Özbekiston xalqaro munosabatlarda kuç işlatişning har qanday şakliga va Yaqin Şarqdagi vaziyatning yanada keskinlaşişiga olib keladigan qadamlarga qarşi ekani taʼkidlandi.
Şavkat Mirziyoyev Qatar taşabbusi bilan çaqirilayotgan navbatdan taşqari arab-islom sammitining muvaffaqiyatli ötişini tiladi.
Qatar amiri, öz navbatida, körsatilgan birdamlik va qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildirdi.
- 3 Telegram Stars



