Şavkat Mirziyoyev quriliş industriyasi va turizm sohalaridagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazdi
Şavkat Mirziyoyev quriliş industriyasi va turizm sohalaridagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazdi
Asosiy yangiliklar:
➖ Jizzax viloyatidagi AES qurilişida 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari işlatilişi közda tutilgan. Şu bois, Egizbuloq mahallasidagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi taşkil etiladi;
➖ Bundan buyon yangi pardozbop toş konlari “nol çiqindi” tamoyili asosida işlaş şarti bilan auksionga qöyiladi;
➖ Kelasi yildan byudjet hisobidan amalga oşiriladigan qurilişlarda birinçi navbatda mahalliy mahsulotlardan foydalaniş talabi joriy etiladi;
➖ Yaqin vaqtda turizmni rivojlantiriş strategiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan. Unda xorijlik sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkaziş, turizmning iqtisodiyotdagi uluşini hozirgi 3,5 foizdan 7 foizga oşiriş va soha eksportini 10 milliard dollarga olib çiqiş maqsad qilinmoqda;
➖ Mutasaddilarga kiçik aviatsiyani rivojlantiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi. Kelasi yildan har bir hududda kamida bitta manzilda aholi va sayyohlar uçun ana şunday xizmatlarni yölga qöyiş vazifasi belgilandi;
➖ Mutasaddilarga bir oyda barça temir yöl qatnovlari va içki aviareyslar jadvalini tahlil qilib, aholi hamda sayyohlar talabiga muvofiq qayta körib çiqiş va eʼlon qiliş topşirildi;
➖ Avstraliya hamda Şimoliy va Şarqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan sayyohlar hali ham tranzit yönalişlar orqali kelayotgani taʼkidlandi. Mutasaddilarga “beşinçi havo erkinligi” rejimidan foydalangan holda xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollaştiriş vazifasi qöyildi;
➖ Mustaqillik bayrami arafasida soha rivojiga hissa qöşayotgan mutaxassislarni “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan turizm xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlaş taklif etildi.
👉 @xushnudbek 👈


