Şavkat Mirziyoyev Şençjen şahrida ötayotgan qöşma Investitsiya forumida iştirok etdi
Xitoy Xalq Respublikasiga davlat taşrifining işbilarmonlik tadbirlari davomida Şavkat Mirziyoyev Şençjen şahrida ötayotgan qöşma Investitsiya forumida iştirok etdi.
Forumda ikki mamlakat idoralari va hududlari rahbarlari, Xitoy yirik biznesining 600 nafardan ziyod vakili qatnaşdi. Xitoyning Milliy neft-gaz korporatsiyasi, Milliy kimyo-injiniring kompaniyasi, Aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi, “Çina Energy”, “Gezhouba Group”, “Çina CAMC Engineering”, “Huawei Technologies”, “SANY Renewable Energy”, “BYD Auto Industry”, “Xinjiang Hualing Group”, “ZTE”, “TBEA”, “Universal Energy” kompaniyalari, Xitoy taraqqiyot banki, Davlat taraqqiyot banki, Eksport-import banki şular jumlasidan.
Aytilişiça, Xitoyga davlat taşrifi doirasida umumiy qiymati 56,7 mlrd dollarlik bölgan 500 ga yaqin loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişilgan.
👉 @xushnudbek 👈

