Şavkat Mirziyoyev: Sportçilarimiz dunyoda 13-örin, MDH davlatlari orasida 1-örinni egalladi
Şavkat Mirziyoyev:
“Tokio olimpiadasidan keyin yaxşi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qöygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnaşgan musobaqada sportçilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda körsatib, dunyoda 13-örin, Osiyoda 4-örin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-örinni egalladi. Bir yöla 3 nafar sportçimiz “ikki karra olimpiya çempioni”, degan yuksak şarafli nomga sazovor böldi.
Barça sportçilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi Özbekistonning çinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qança faxrlansak arziydi, ular bizning ğururimiz!”, — dedi Prezident ayni daqiqalarda bölib ötayotgan videoselektor yiğilişida.
👉 @xushnudbek 👈



