Sizga heç kim tekin pul tarqatmayapti, Siz heç qanaqa aksiyada ğolib bölganingiz yöq
#firibgar
Sizga heç kim tekin pul tarqatmayapti, Siz heç qanaqa aksiyada ğolib bölganingiz yöq
Bugun yana firibgarlar haqida gaplaşamiz.
Çunki internetda doimgidek tekin pul şaydolarini aldaş uçun yolğonlar tarqatilmoqda. Bu endi töxtamaydi, davom etaveradi. Ming marta ogohlantirilsa ham, baribir kimdir firibgarlarga aldanaveradi.
Eng alam qiladigani firibgarlar köp ham yangi narsa öylab topayotgani yöq. Bir xil usul. Lekin haligaça aldanayotgan odamlar köp.
Masalan, yoş bolalilarga, homiladorlarga yoki 17-18 yoşgaça bolasi bor oilalarga (variantlari köp xullas) falon sömdan bir martalik tölov (nafaqa) berilayotgani haqida yolğon maʼlumotlar köpaydi.
Eng qiziği deyarli har kuni kimdir yozib, şu rostmi deb söraydi. Rostligiga iç-içidan işongisi keladi. Bugun ham bir kişi söradi, ular firibgarlar desam, allaqaçon işonib plastik maʼlumoti va SMS-kodlarni yuborib bölganman deydi.
❗️BU FIRIBGARLAR!
Asosiy maqsad bunga işonib, tekin pul olmoqçi bölganlarning plastik maʼlumotlariga, telefonga boradigan SMS-kodga ega çiqiş va plastikdan barça pullarni yeçib oliş.
Şuningdek, haligaça falon kompaniya aksiya ötkazdi, siz unda ğolib böldingiz, degan yolğonni tarqatişadi va umrida öşa kompaniya mijozi bölmagan baʼzi odamlar ham bunga işonib qoladi.
Xullas, yana va yana takrorlaymiz — firibgarlardan ehtiyot böling. Tekin pul, ğoyibdan kelgan sovrin va yutuqlarga işonib qolavermang. Sizni “lox” qilişlariga yöl qöymang.
Iltimos, qolganlarga ham yetkazing, bir-biringizni ogohlantiring. Aldanib yurişmasin.
👉 @xushnudbek 👈

