Muhim

Diqqat, firibgarlar!

Albom19-mart, 2024, 10:313 daqiqa0 koʻrish

📢 Diqqat, firibgarlar!
#firibgar

Internetda yordam-pulfond.buzz degan sayt orqali moddiy yordam beramiz, deb odamlarni aldaşmoqda. Bunaqa saytlarga işonib ötirmanglar.

INTERNETDA HEÇ KIM SIZGA YORDAM PULI BERMAYDI !!!

❗️Aslida bu firibgarlar tuzoği bölib, pul olaman deb plastik kartangiz raqamini kiritsangiz, aksinça sizning pulingizni yeçib olib qöyişadi.

Bundan taşqari moddiy yordam oliş uçun sizdan kompensatsiya tölaşni talab qilişadi. Masalan, 134 ming söm bizga tölasang, senga 6 mln 700 ming söm moddiy yordam beramiz, deyişadi. Pulni ötkazib, evaziga şimildiriq olasiz.

❌💬 Saytda “men oldim, işonçli ekan” degan izohlar ham bor, lekin bular ham töqima izohlar, işonib ötirmanglar.

Şuningdek, firibgarlar Telegramda “Moddiy yordam” degan guruh ham oçişgan. Guruhdagi hamma post va videolar yolğon.

❌📹 Eng yomoni firibgarlar sunʼiy intellekt yordamida taniqli insonlarning soxta videosini ham tarqatişmoqda. Yaʼni biror taniqli inson videoda bu tizim işonçli ekanligi haqida gapiradi. Lekin videoning özi ham soxta.

⚠️Iltimos, internetda duç kelgan tekin narsaga işonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovğa, tekin aksiya, tekin kredit va h.k. Bularning deyarli barçasi yolğon. Şubhali manzillarga hatto qiziqiş uçun ham kirib körmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qöying.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek