1,7 mlrd söm va 95 ming dollar pul, maşina hamda taqinçoqlarni özlaştirgan soxta prokuror uşlandi
❗️Bir neça kişining 1,7 mlrd söm va 95 ming dollar puli, maşina hamda taqinçoqlarini özlaştirgan soxta prokuratura xodimi uşlandi
➖ Fuqaro A.A. özini Boş prokuratura xodimi sifatida taniştirgan holda ikki nafar şaxsni arzon narxda buğdoy sotib olib, uni qayta işlaşdan katta daromad oliş mumkinligiga işontirgan va ulardan 1,7 mlrd söm pul olgan;
➖ U, şuningdek, fuqaroga tegişli MÇJ uçun Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidan 50 sotix yer ajratiş töğrisidagi qarorni qayta tiklab beriş evaziga 95 ming dollar olgan;
➖ Yana bir fuqaroning eski “Cobalt” maşinasini yangi “Gentra”ga almaştirib berişni vaʼda qilib, maşinani sotgan va pulini işlatib yuborgan;
➖ Boşqa bir fuqaroning esa işonçiga kirib, xonadoni kalitini qölga kiritgan va u sayohatdaligidan foydalanib, tilla taqinçoqlarini öğirlab ketgan.
Hozirda A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda boşqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.
👉 @xushnudbek 👈


