Muhim

Soxta videolardan ehtiyot böling

Albom25-iyun, 2025, 16:005 daqiqa0 koʻrish

❗️Soxta videolardan ehtiyot böling

Senat raisi Tanzila Narbayevaning erta nikohning oldini oliş haqidagi bir intervyusini sunʼiy intellekt orqali özgartirişibdi.

Özbek tilida aytilgan gaplarni rusçaga ögirişib, “Rossiyaning Ukrainaga qarşi maxsus harbiy operatsiyalarida iştirok etiş qonuniy” degan mazmundagi yolğon videoni tayyorlaşgan hamda atayin tarqatişgan.

Albatta, bu iflos propagandaning işiga öxşaydi. Rossiyadagi hamyurtlarimizning ongiga şu video va boşqa şu kabi materiallar orqali taʼsir ötkazişni maqsad qilişgan.

Iltimos, vatandoşlar, bunaqa yolğonlarga aldanib qolmang, uruşga bormang, özga davlatning har qanday harbiy harakatlarida iştirok etmang.

‼️ Eslatib ötaman, Özbekiston fuqarolari özga davlat armiyasiga yollanişi jinoiy javobgarlikka sabab böladi.

➖ Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra, yollaniş, yaʼni nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

➖ Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga köra, Özbekiston fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravarigaça (112,5 mln söm) miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, xizmatga yollanişi esa 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek