Fikr

«Temurbeklar maktabi»ga endi ayollar ham qabul qilinadi, lekin bu adolatsiz imtiyozni oqlaşga asos bölmaydi

Matn31-oktabr, 2023, 12:551 daqiqa0 koʻrish

“Temurbeklar maktabi”ga endi ayollar ham qabul qilinadi, lekin bu adolatsiz imtiyozni oqlaşga asos bölmaydi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023 y.) bilan 2024/2025-öquv yilidan Milliy gvardiya Toşkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Özbekiston fuqarolarini qabul qiliş boşlanar ekan.

Umuman olganda bu yaxşi qaror, jinsiy diskriminatsiyaning oldi olinadi. Hozirça faqat Toşkentda qabul qilinar ekan, balki kelgusida hududlarda ham qabul qiliş boşlanar.

❗️Ammo muhim jihati bor: bu özgariş "Temurbeklar maktabi" bitiruvçilariga beriladigan adolatsiz imtiyozni oqlaş uçun asos bölmaydi. Agar mutasaddilar "Mana, endi qizlarni ham oladigan böldik, şu bilan imtiyozlarni adolatli qildik" deb öylayotgan bölsa, qattiq adaşadi.

Ball qöşib beriş şaklidagi adolatsiz imtiyoz haligaça adolatsizligiça turibdi.

Umid qilamanki, Hukumat va harbiy soha tepasidagi rahbarlar "Temurbeklar maktabi" bitiruvçilariga beriladigan adolatsiz imtiyozni qayta körib çiqadi va bu xato qarorni tez orada töğrilaydi. Çunki bu holat davom etaversa, yildan yilga jamiyat orasida harbiylar imijini diskreditatsiya qiladi, odamlarda "Temurbeklar maktabi"ga nisbatan nafrat paydo böladi. Masʼullar tezroq xatoni töğrilab, buning oldini olişi kerak.

Mayli, imtiyoz bermoqçi bölişsa, boşqaçaroq şaklda berişsin, ammo zinhor ball qöşib beriş şaklida emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek