Tushuntirish

Test sinovidagi tölovdan ozod etiliş borasida

Matn7-aprel, 2022, 20:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident videoselektorda davlat xizmatlarini soddalashtirish, litsenziya talablarini bekor qilish va ehtiyojmand yoshlarga imtiyozlar berishni ma’lum qildi.

✅ Test sinovidagi tölovdan ozod etiliş borasida

Yuqorida aytilganidek, bugungi videoselektorda Şavkat Mirziyoyev ehtiyojmand oilalar farzandlarini OTMlarga kirişda test sinovlarida iştirok etiş tölovlaridan ozod etiş töğrisida topşiriq berdi.

❓ Özi bu qanaqa tölov va ilgari kimlar ozod qilingan edi?

2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son Prezident qaroriga asosan, test sinovlari taşkil etilayotgan öquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari (hozir 135 ming söm) miqdorida tölov undiriladi.

Demak, test böladigan yilda maktab, litsey yoki kollejni tugatganlar tölov qilmaydi. Faqat avvalgi yilda tugatganlardan tölov olinadi.

Şuningdek, 2 ta toifa — nogironligi bölgan (I, II va III guruh) yoki töliq davlat taʼminotidagi şaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar şaharçasi bitiruvçilari) ham test tölovidan ozod qilingan edi.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan ehtiyojmand oilalar farzandlari ham tölovdan ozod etiladigan böldi. Buning tartibi endi işlab çiqiladi. Katta ehtimol bilan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga uşbu imtiyoz qöllansa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 775
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek