Muhim

Tez yordamga yöl bersa, jarima belgilanmaydi!

Albom17-avgust, 2026, 09:033 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz30 Y 222 QA davlat raqamli avtomobil haydovçisi maxsus xizmat maşinasiga yöl bermagani tanqid qilindi va barça haydovçilar ogohlantirildi.

❗️Tez yordamga yöl bersa, jarima belgilanmaydi!

Qoidani bilmaydigan ayrim haydovçilar, maxsus xizmat maşinalariga yöl bersam, jarima keladi, deb öylaydi. Bu mutlaqo xato fikr!

Yöl harakati qoidalarining 26-bandiga binoan, haydovçilar sirenasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yöl berişlari şart.

MJtKning 17-1-moddasida esa mayoqçani hamda sirenani yoqqan holda kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yöl bergan haydovçilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topilişi va maʼmuriy iş tugatilişi belgilangan.

Demak, tez yordamga yöl berganlik uçun heç qanaqa jarima yöq. Masalan, bemalol qizilda ötib, yöl bersa ham böladi. Faqat asosiy şarti, siz qizilda öng yoki çap tomonga olib, yöl berib, töxtaşingiz kerak.

❓Aytaylik, inson omili bilan, adaşib jarima kelsa-çi? Unaqada sudma-sud yurib, sarson bölamizmi?

Yöq, heç qanaqa sudma sud yuriş şart emas. Şunçaki, my.gov.uz orqali YHXga onlayn ravişda jarima ustidan şikoyat yöllasangiz ham böladi:
https://my.gov.uz/uz/service/1054

❗️Yöl beriş mumkin, ammo harakatlaniş taqiqlanadi

Lekin özidan “uddaburon” yasab olgan ayrim haydovçilar yöl berişni bahona qilib qizilda ötib, harakatni davom ettirib ketadi. Mana bunaqalarga jarima keladi. Yöl beriş degani, tez yordamning orqasiga tuşvolib, qizilda harakatlanib ketiş degani emas. Keyin esa şunaqalar ijtimoiy tarmoqlarda yiğlab yuradi, “voy, men tez yordamga yöl bergandim, menga jarima keldi” deb.

Yaqinda Instagramda bittasi “men heç qaçon tez yordamga yöl bermayman, sizlarni ham şunga çaqiraman. Heç qaçon yöl bermang, çunki men yöl berganimda jarima keldi, 3 oy sarson bölib, bekor qila olmadim” deb izoh yozibdi.

Bu izoh ham jahlimni çiqardi, ham vaziyatni tekşirib körib, haydovçiga yordam beriş xohişi paydo böldi. Öşa izoh yozgan bilan boğlandim.

Maʼlum böldiki, u ham yöl beriş bahonasida qizil çiroqda harakatni davom ettirib ketgan. Aslida esa, yöl berib, töxtaşi kerak edi. Özining aybini tan olmay, yana barçani ommaviy ravişda tez yordamga yöl bermaslikka çaqiribdi. Vaziyatni tuşuntirganimdan söng, xatosini angladi va izohini ham öçirib taşladi.

ℹ️ Xullas, qissadan hissa, yana bir bor hammadan iltimos qilaman: MAXSUS XIZMAT MAŞINALARIGA DOIM YÖL BERING. Avvalo, buning uçun sizga heç qanaqa jarima solinmaydi. Mabodo adaşib solişsa ham, osongina bekor qila olasiz.

Yöq, özi qanaqadir jarima xavfi inson hayotidan ustun bölmasligi kerak-ku! Bu aqlga siğmaydi, oçiği🤯

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek