Kökça darvoza köçasida ham «Yaşil tölqin» tizimi işga tuşirildi

Video3-noyabr, 2026, 18:503 daqiqa0 köriş
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXiyobon atrofidagi 5 ta yangi svetofor sinxronlaştirildi. Belgilangan tezlikda harakatlangan haydovçilar keyingi çorrahaga yaşil çiroqda yetib boradi.

🚦Kökça darvoza köçasida ham “Yaşil tölqin” tizimi işga tuşirildi

Köçaning 7 km uzunlikdagi qismida 16 ta svetofor obyekti özaro muvofiqlaştirilib, yagona tizim asosida işlay boşladi.

Tizim ikki xil rejimda işlaydi:

➖ 07:00–17:00 — markaz tomon yönaltirilgan tölqin;

➖ 17:00–24:00 — markazdan çiqiş yönalişidagi tölqin.

⏱️ Tiğiz bölmagan vaqtda ötkazilgan ölçovlarga köra, yölga ketadigan vaqt örtaça 40 foizga qisqargan, har bir qatnovda 8 daqiqa tejalmoqda.

Transport oqimi eng yuqori bölgan soatlarda qatnov vaqti harakat jadalligi va amaldagi yöl vaziyatiga qarab farq qilişi mumkin.

ℹ️ Maʼlumot örnida, “Yaşil tölqin” tizimida svetoforlar özaro muvofiqlaştiriladi: ruxsat etilgan tezlikda harakatlangan haydovçilar keyingi svetoforlarga 🟢 yaşil çiroq yonganda yetib boradi.

Biroq bu doimiy yaşil çiroq degani emas: svetofor piyodalar va boşqa köçalardagi avtomobillarga ham vaqt ajratadi. Şu sababli baʼzan qizil çiroqda töxtaşga töğri keladi, ammo undan keyin yana yaşil tölqinga qöşiliş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek768 ming obunaçi