Toşkentda hujjatsiz dori vositalari va 56 mingdan ortiq sistemani sotayotgan şaxs uşlandi

Foto3-iyul, 2025, 13:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xavfsizlik xizmati:

Toşkent şahrida yaşovçi şaxs sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 9 ming 500 dona “Menovazin”, 1 ming 300 dona “Glitserin” va 2 ming dona “Metralin” dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyiş uçun möljallangan 56 ming 880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9 ming 700 AQŞ dollari va 2 mln 550 ming sömga sotgan vaqtida uşlandi.

Tekşiruv davomida “Glitserin” suyuqligi qölbola usulda tayyorlanib, qadoqlangani maʼlum böldi.

Tegişli xulosaga köra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotiş, taşiş va amaliyotda qöllaş taqiqlanadi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek