Muhim

Toşkentda qamoqda turib onlayn narkodökonni boşqargan mahkum 14 yilga qamaldi

Matn20-noyabr, 2026, 08:451 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 96,3 mingSaytdagi körişlar: 1

Toşkentda qamoqda turib onlayn narkodökonni boşqargan mahkum 14 yilga qamaldi

Maʼlum qilinişiça, jazo muddatini ötayotgan mahkumga koloniya boşliğining birinçi örinbosari bölib işlagan şaxs uyali telefon olib kirib bergan. Şuningdek, unga giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanişi uçun şaroit yaratib bergan.

Mahkum esa ozodlikdagi şeriklari yordamida giyohvandlik vositalarini yetkazib berişni yölga qöygan.

Sud hukmi bilan, guruh rahbariga nisbatan avvalgi hukm böyiça jazoning ötalmagan qismini qisman qöşib, uzil-kesil 14 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. U öta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.

Jinoiy guruhning yana 8 nafar aʼzosi (ulardan ikki nafari ayol) 7 yildan 14 yilgaça ozodlikdan mahrum qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek723 ming obunaçi