Muhim

Transport vositalarini qayta röyxatdan ötkaziş yiğimi kamaytirildi

Matn10-may, 2024, 11:452 daqiqa0 koʻrish

Transport vositalarini qayta röyxatdan ötkaziş yiğimi kamaytirildi

Içki işlar vazirining buyruğiga asosan, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalarining tirkamalarini qayta röyxatdan ötkaziş uçun yiğim BHMning 10 foizi (34 ming söm) miqdorida etib belgilandi.

❗️BU MUHIM: qayta röyxatdan ötkaziş bu özganing nomidagi maşinani sotib oliş emas! Qayta röyxatdan ötkazişda maşina bir kişining nomida qolaveradi, begonaning nomiga ötmaydi, faqat ayrim sabablarga köra (masalan, maşinaga gaz qöyilgani) “texpasport” almaşadi yoki özgaradi.

Agar maşina özganing nomiga begonalaştirilsa (masalan, sotilsa) yoki salondan yangi maşina sotib olinsa, unda bu röyxatdan ötkaziş hisoblanadi va 1-apreldan boşlab, elektromobillar uçun 1,5 BHM (510 ming söm), qolgan barça avtomobillar uçun 6,84 BHM (2,32 mln söm)ni taşkil etadi.

✅ Maʼlumot uçun, transport vositalari va ularning tirkamalari quyidagi hollarda qayta röyxatdan ötkaziladi:

— mulkdorning (jismoniy şaxsning) ismi, familiyasi yoki otasining ismi özgarganda;

— mulkdor (yuridik şaxs) qayta taşkil etilganda yoki nomlanişi özgarganda;

— avtomototransport vositasining röyxatdan ötkaziş joyini özgartirişni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yaşaş (turgan) joyi yoki joylaşgan joyi (poçta manzili) özgarganda;

— yuridik şaxslarga tegişli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi özgarganda;

— avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati özgarganda;

— avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;

— avtomototransport vositasini yoki röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgisini röyxatdan ötkaziş guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, şikastlanganda yoki yöqolganda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek