Fikr

Umumiy bayonotlar emas, aniq va konkret çora kerak

Matn9-yanvar, 2023, 18:162 daqiqa0 koʻrish

​Umumiy bayonotlar emas, aniq va konkret çora kerak

Bizda radarlar, kameralar, mavzusi juda bir köngilga yaqin nozik mavzu. Çunki bizda tez yurişni, qoidabuzişni köpçilik yaxşi köradi, buni oddiy hol deb qabul qilişadi. Ming afsuski. Yöllardagi ölimlar soni böyiça Özbekiston dunyodagi eng yetakçi davlatlardan biri. Ming afsuski. Lekin şunday bölsa-da, haydovçilar olamida qoidabuzarlarga qarşi kuraşiş maʼqullanmaydi, ular bunaqalarni juda yomon körişadi va doim bundan şikoyat qilişadi.

Bugun Tez tibbiy yordam xizmatining bir guruh haydovçilari tilidan ularga jarima solişayotgani haqidagi video tarqaldi. Şu bahona kameralar, radarlar mavzusi yana kun mavzusiga aylandi.

✅ Aslida hammasi juda oddiy: maxsus xizmat maşinalari şoşilinç çaqiruv paytida yöl qoidalarini buzişga haqqi bor. Tez tibbiy yordam, öt öçiruvçilar, içki işlar yoki favqulodda vaziyatlar organlari maşinalari va h.k. Masalan, tez haydaşi, qizilda ötişi mumkin. Buni hamma biladi. Bu yangilikmas.

Avtomatlaşgan kameralar esa hammaga jarima yozaveradi, tez yordamga ham, içki işlar organlariga ham.

‼️Bu jarimalar haydovçilar nomiga emas, taşkilot nomiga yoziladi. Keyinçalik öşa taşkilot çaqiruv bölganini isbotlab, bitta xat bersa, böldi, jarima bekor qilinadi. Şu paytgaça heç qanaqa muammo bölmagan, doim şunday bölib kelgan.

Bu haqda Içki işlar hamda Soğliqni saqlaş vazirligi qöşma bayonot ham berdi. Bayonotda ham çaqiruvga ketayotgan tez tibbiy yordam maşinasiga jarima solinmasligi taʼkidlandi.

Lekin bu tez yordam maşinalariga har doim hamma narsa mumkin ekan, deganimas. Agar çaqiruv yöq paytida haydovçi qoidani buzsa, unda jarima bekor qilinmaydi. Öşa haydovçining oyligiga qaratilişi mumkin.

Ammo bugun tarqalgan video juda hayratlanarli. Nega unaqa böldi? Nega haydovçilarga jarima tölaysizlar deyişdi? Tizimning qayeri xato işladi? Bu yerda albatta aybdorlarni topib, çora köriş kerak. Boşqalarga örnak bölişi uçun ham.

3 xil variant bölişi mumkin:

1️⃣-variant: Respublika tez tibbiy yordam markazi masʼullari kelgan jarimalarni bekor qiliş örniga şunçaki haydovçilarga berib, "özlaring tölalaring" degan.

2️⃣-variant: barça yetarli dalillar berilgan bölsa ham, Yöl harakat xavfsizligi xizmati jarimalarni bekor qilmagan.

3️⃣-variant: kelgan jarimalar çaqiruv paytida emas, odatiy vaziyat paytida haydovçilar tomonidan qilingan qoidabuzarlik uçun kelgan.

Qaysi variant bölişidan qatʼi nazar, şunçaki jim ketmaslik kerak. Albatta çora köriş va kelgusida bu kabi holatlarning oldini oliş şart. Çunki insonlar hayotini saqlaş uçun şoşilib ketayotgan haydovçilarning könglida jarima tölaş haqida ozgina şubha bölişi ham kerak emas. Haydovçilar faqat bemor oldiga tezda yetib borişni öylaşi kerak.

Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Yöl harakat xavfsizligi xizmati masʼullari bilan boğlanganimda, holat örganilayotganini taʼkidlaşdi. Umid qilamizki, yakunda muammoga oydinlik kiritiladi va çora köriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek