Uy-joy xaridorlarining mablağlari işonçli himoya qilinişi lozim — Urbanizatsiya milliy qömitasi
❗️️️️Uy-joy xaridorlarining mablağlari işonçli himoya qilinişi lozim — Urbanizatsiya milliy qömitasi
Sönggi kunlarda ayrim quriliş kompaniyalari uylarni öz vaqtida topşirmayotgani, xaridorlarga pullar qaytarilmayotgani va quruvçi kompaniyalar rahbariyatiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilayotgani muhokamalarga sabab bölayotgani qayd etildi.
Qömita uy-joy sotib oliş uçun mablağ kiritgan fuqarolarning vaʼda qilingan xonadonlar va pullarini qaytarib oliş imkoniyatisiz qolişini yöl qöyib bölmas holat deb hisoblaydi.
Bunday vaziyatlarning oldini oliş uçun qömita eskrou tizimini imkon qadar tezroq joriy etiş zarurligini taʼkidladi. Mazkur tizimni nazarda tutuvçi qonun loyihasi hozirda Qonunçilik palatasida körib çiqilmoqda.
ℹ️ Bu tizimda xaridorlar mablağlari maxsus bank hisobvarağiga joylaştiriladi va quruvçiga faqat belgilangan şartlar bajarilgandan keyin ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈



