«Imarat Development» asosçisi Marat Xamdamov qölga olindi
❗️“Imarat Development” asosçisi Marat Xamdamov qölga olindi
“Gazeta” naşrining yozişiça, “Imarat Development” brendi ostidagi quriliş loyihalari bilan boğliq tadbirkor Marat Xamdamov Toşkent şahar IIBB tergov qilayotgan jinoyat işi doirasida uşlangan.
Tergov doirasida ikki şaxs — M.X. va J.A. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga (“Suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş”) asosan qölga olingan. Marat Xamdamov işga gumonlanuvçi sifatida jalb etilgan.
Xabarda boş harflari J.A. sifatida körsatilgan ikkinçi şaxsning kimligi oçiqlanmagan. Hozirça ularga ayblov eʼlon qilingani yoki kelgusida qanday ehtiyot çorasi tanlanişiga aniqlik kiritilmagan.
ℹ️ Avvalroq Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi “Imarat Development” MÇJ faoliyati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 192-11-moddasi (“Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatgandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



