Muhim

«Uy sotamiz» deb odamlarni aldaganlikda ayblanayotgan şaxslar qidirilmoqda

Foto29-aprel, 2024, 11:372 daqiqa0 koʻrish

❗️”Uy sotamiz” deb odamlarni aldaganlikda ayblanayotgan şaxslar qidirilmoqda

Toşkent şahar IIBBga yangi qurilayotgan köp qavatli uylardagi xonadonlar uçun tölovni amalga oşirgani, biroq MÇJ tomonidan şu kunga qadar xonadonlar topşirilmaganligi yuzasidan bir neçta fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan.

Tekşiruv jarayonida aniqlanişiça, Şaripov Obid Aripoviç “MAX-HOUSE-GROUP” MÇJni taşkil qilgan hamda şeriklari Osimov Axtam Axmadoviç va Samandarov Azizbek Alijonoviç bilan birga MÇJ nomidan Uçtepa va Çilonzor tumanlarida qurilayotgan köp qavatli uylardagi xonadonlarni sotişini aytib, fuqarolardan xonadonlar uçun tölovlarni qabul qilib olgan.

Aslida esa uşbu köp qavatli uylar qurilişi uçun heç bir mutassaddi taşkilotlardan ruxsat olmagan, uy qurişga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bölmagan va kadastr hujjatlari ham yöq bölgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ("Firibgarlik") bilan jinoyat işi qözğatilgan va O.Şaripovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Gumonlanuvçi A.Samandarov va A.Osimov tergovdan qoçib yaşiringanligi sababli, ular qidiruvga berilgan.

❗️Toşkent şahar IIBB uşbu şaxslardan jabr körganlar yoki qidiruvdagi şaxslarning qayerda ekanligi haqida biror maʼlumotga ega bölganlardan 71-206-42-28, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilişini söragan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek