UzAuto Motors eksporti uçun byudjetdan qöşimça 224,5 mlrd söm subsidiya ajratilganiga munosabatlar
UzAuto Motors eksport qiladigan avtomobillar uçun utilizatsiya xarajatlariga davlat byudjetidan qöşimça 224,5 mlrd söm subsidiya ajratilayotganiga munosabatlar:
Iqtisodçi Otabek Bakirov buni «parazitlikning oliy namunasi» demoqda:
«Yil boşida tasdiqlangan byudjetda xorijga eksport qilingan avtomobillar uçun utilizatsiya yiğimini qoplaşga 100 mlrd. subsidiya bir dumalab yil oxirida 325 mlrd. sömga yetibdi. Bu siz öz yoningizdan qozoğistonlik va rossiyalik xaridorlar sotib olayotgan avtomobillar uçun ham utilizatsiya yiğimini tölayapsiz degani.
Bundan badtar parazitlik bölişi mumkinmi? Özbekiston xalqi va iqtisodiyoti bu qurtdan qaçon qutuladi?», — deydi Bakirov.
Iqtisodçi Behzod Hoşimov esa bunday zavodlar «xalq hayotini qimmatroq qilayotganini» taʼkidladi:
«Şu zavodning yopilişi - qança pulni iqtisod qilar edi.
Xuddi şunga öxşagan yuzlab "körinmas" kiçik zavodlar bor, bir-ikki odamni işlataman deb, 35 million xalqning hayotini qimmatroq va qiyinroq qilişadi. Iqitisodiyotimizga turgan bitgani zarar», — deb yozadi Hoşimov.
Eslatib ötamiz, bu 224,5 mlrd söm tugab borayotgan 2022-yil uçun berilmoqda. Hali 2023-yilda davlat byudjetidan avtosanoat korxonalari yana bir neça yuz milliardlik subsidiyalar olişi aniq.
👉 @xushnudbek 👈


