Sport

Xalqaro fan olimpiadalaridagi navbatdagi medallar

Albom25-iyul, 2023, 10:362 daqiqa0 koʻrish

🏆 Xalqaro fan olimpiadalaridagi navbatdagi medallar

🥉Tokioda bölib ötgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 11-sinf öquvçisi Javohir Sultonov bronza medalini qölga kiritdi (1-rasm).

***

Şveytsariyada bölib ötgan Xalqaro kimyo olimpiadasida (IÇO) esa quyidagi özbekistonlik öquvçilar 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medalini qölga kiritişdi (2-rasm):

🥇 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab öquvçisi Azizbek Nazarov
va
Uçtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf öquvçisi Abdulloh Mahmudov oltin medalni;

🥈Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 11-sinf öquvçisi Şahzoda Hakimova kumuş medalni;

🥉 Toşkent şahridagi Prezident maktabining 10-sinf öquvçisi Sohibjon Dilmurodov bronza medalini qölga kiritdi.

***

Maʼlumot uçun, Prezident qaroriga muvofiq 🥇oltin medal olgan öquvçi BHMning 500 baravari (165 mln söm), ustozi 450 baravari (148,5 mln söm) miqdorida,🥈kumuş medal uçun öquvçi 300 baravar (99 mln söm), ustozi 250 baravar (82,5 mln söm) hamda 🥉bronza medal uçun öquvçi 200 baravar (66 mln söm), ustozi 150 baravar (49,5 mln söm) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Şuningdek, uşbu öquvçilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinçalik taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoşiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek