«Öquvçilarga fizika va kimyo fanini öqitişni bekor qiliş haqidagi fikrlar heç bir asosga ega emas» — vazir
«Öquvçilarga fizika va kimyo fanini öqitişni bekor qiliş haqidagi fikrlar heç bir asosga ega emas» — vazir
Özbekiston maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilişi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga munosabat bildirdi.
«Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan öquvçilarga fizika yoki kimyo fanlarini öqitiş kerak emas, deyiş mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilişi şart.
Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni öqitiş asnosida insonning fikrlaş qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bölgan şaxs esa hodisalarni tahlil qiliş, tuşuniş va tuşuntirişga qodir böladi.
Taʼlim sohasiga masʼul rahbar sifatida uşbu fundamental fanlarni maktab öquvçilariga öqitilişini bekor qilinişi haqidagi fikrlar heç bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga örin yöqligini maʼlum qilaman. Aksinça, endilikda biz maktablarda uşbu fanlarni öqitişni amaliyot bilan boğlaş ustida boş qotirişimiz va buning uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratişga bor eʼtiborimizni qaratişimiz zarur», — deyiladi munosabatda.
👉 @xushnudbek 👈


