Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda körinmayapti?
❓Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda körinmayapti?
#abituriyent
Köplab abituriyentlar xotin-qizlar uçun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida körinmayapti-ku, deb söraşmoqda.
Çunki Oila va xotin-qizlar qömitasi hozirça tavsiyanoma berilganlar röyxatini tegişli reestrga kiritmagan. Şu sababli saytda körinmayapti.
❓Tavsiyanoma çiqmasa, özim qölda kiritsam böladimi?
Yöq, heç bir imtiyoz qölda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik özi çiqadi. Faqat bittagina çet tilini biliş darajasini tasdiqlovçi hujjat, masalan IELTS sertifikati qölda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik körinadi.
Agar sizda xotin-qizlar uçun berilgan tavsiyanoma bölsa-yu, lekin u saytda körinmayotgan bölsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 25-iyunga qadar Bilimlarni baholaş agentligi bazasiga kiritiladi.
Va imtiyoz körinmayotgan bölsa ham, fanlar majmuasini tanlab qöysangiz bölaveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qöşilmay qoladi, deb xavotir olmang.
Agar siz tavsiyanoma oliş uçun ariza yuborgan bölsangiz-u, lekin haligaça javobi çiqmagan bölsa, yaʼni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bölsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qömitasiga murojaat qiling.
👉 @xushnudbek 👈

