Fikr

30 yildan oşiqroq vaqt davomida yagona alifboga öta olmayotgan davlatda Ona tiliga ğamxörlik haqida

Matn21-oktabr, 2025, 11:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOna tilimizni ardoqlaylik, unga munosib farzand bo‘laylik. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi.

30 yildan oşiqroq vaqt davomida yagona alifboga öta olmayotgan davlatda Ona tiliga ğamxörlik haqida soatlab maʼruzalar öqilişi-yu, til bayramida töy-u tantanalar bölişi kulgili tuyuladi men uçun. Qatʼiyat va siyosiy iroda yetişmayapti.

Alifbomizdagi muammoli atigi ikkitagina harfni töğrilaşga (ö va ğ harfidan keyingi belgini harfning tepasiga köçirişga) kuçimiz yetmayapti-yu, butun boşli kirill alifbosidan voz keçişdan umid qilişimning özi kulgili.

Men hali özbek böla turib, özbekça bilmaydigan yoki bilsa ham, özbekça gapirişdan uyaladigan yurtdoşlarimiz, yoxud barça iş yurituvini, hujjatlarini, xatlarini, şartnomalarini özbekça yuritmaydigan taşkilotlar, yoxud köçalardagi eʼlonlar-u, özbekça kontentlar taqçilligi va sifati, ğij-ğij imlo xatolari haqida gapirmayapman.

Heç bölmasa, eng oddiy va bajariş oson bölgan vazifalarni ham qila olmayotganimizdan jiğibiyronim çiqadi, xolos.

Ha, mayli, bayram kuni dilingizni xira qilmay — Özbek tili kuni muborak!

👉 @xushnudbek 👈

  • 16 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek