Yana tungi navbatçilik haqida
Yana tungi navbatçilik haqida
Farğonada maktab öqituvçilarini tungi navbatçilikda qolgani atrofidagi xabarlarni öqigan bölsangiz kerak. Buvayda tumanidagi 37-maktabda öqituvçilar 26-dekabrdan 6-yanvarga qadar tunu kun navbatçilik qilişgan.
Farğona viloyati maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi öşa maktab direktori işdan böşatilganini xabar berdi.
Lekin keyinçalik navbatçilik topşiriği vazirlikdan xat asosida tuşgani xabar qilindi.
Davlat mehnat inspeksiya esa holatni örganib, avvalo maktab direktorini işga tiklaydigan bölibdi. Çunki uni noqonuniy işdan böşatişgan, degan xulosaga kelingan. Ammo öz navbatida öqituvçilarning huquqlarini buzgani va mehnat qonunçiligiga rioya qilmagani uçun maktab direktori maʼmuriy javobgarlikka ham tortilibdi.
Söng söz örnida: özi şu xodimlarning tungi navbatçilik qilişi degan balo qaçon butunlay yöqoladi? Bu haqda 2019-yilda ham katta maqola yozgandim, oradan 7 yil ötsa ham, baribir aktual bölib turgani açinarli. Zamonaviy dunyoda yonğinni aniqlaş va zudlikda xabar beriş uçun avtomat “datçik”lar örnatilgan bölsa, hamma yoqda xavfsizlik maqsadida kuzatuv kameralari bölsa, boz ustiga barça davlat taşkilotlarida Qöriqlaş tuzilmalari bilan şartnoma asosida qöriqçilar tursa, yana nima uçun xodimlar tuni bilan işxonada qolişi kerak? Bu kimga nima beradi? Kim şundan foyda köradi?
Ommaviy bayramlar arafasida xavfsizlik tuzilmalari, tibbiyot muassasalari, jamoat joylari, energetika tizimlari va infratuzilma obyektlarida alohida rejim örnatilişini tuşunsa böladi, bu tabiiy va mantiqiy. Ammo oddiy bitta maktabda öqituvçining tunu kun qolişini soğlom aql bilan tuşunib bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

